Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Аxborot-resurs markazi

Umumiy ma’lumot

Аxborot-resurs markazi- АRM (2007 yilgacha institut kutubxonasi) 1975 yilda tashkil etilgan. АRM fondi institut dastlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining filiali sifatida ushbu institut tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy, matematika, fizika, texnika, qishloq xo’jaligi va melioratsiyaga oid bir necha yuzlab adabiyotlardan iborat bo’lgan. Keyinchalik filial negizida (1992 yil 28 fevralь) mustaqil Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti tashkil etilgan hamda nomi o’zgargandan so’ng (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi 211-sonli Qarori) mustaqil faoliyat olib borganidan keyin fond vazirlik tomonidan taqdim etilgan va kitob do’konlaridan xarid qilingan adabiyotlar bilan boyitilgan.
Hozirgi kunda АRM yagona kitobxon guvohnomasi bilan 7 mingdan ortiq kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi.Kitobxonlar orasida institut talabalari, professor-o’qituvchilar, xodimlar, magistrlar,mustaqil izlanuvchilar hududda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar xodimlari, mahalla aholisi ham mavjud.АRM abonement tizimi orqali adabiyotlarni uyda, institut qiroatxonalarida hamda talabalar turar joylarida foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. АRM fondi an’anaviy,ya’ni qog’ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan imborat.
Kutubxona fondini bugungi kunda 170 ming nusxa atrofida bo’lgan adabiyotlar, broshyuralar, jurnallar va CD-ROMlar tashkil etadi.Fondning 74% – o’quv adabiyotlari,10% – badiiy, qolganlari – boshqa adabiyotlar tashkil etadi.Yil davomida kutubxona 2,5 ming nusxadagi kitoblar oladi, 45 nomli jurnallar va 55 nomdagi gazetalarga obuna bo’ladi.
Kutubxona o’z faoliyatida kitobxonlar bilan ishlashda turli xildagi shakllardan va uslublardan foydalanadi:

  • mavzuli kitobli-illyustrativli hamda yangi adabiyotlar ko’rgazmalari o’tkaziladi:
  • yangi kelgan adabiyotlarning monitoringi muntazam olib yuritiladi va kutubxonaning telegrammdagi manziliga joylashtirib boriladi;
  • kafedralar va talabalar bilan o’tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda mavzuli ko’rgazmalar tashkil etiladi;
  • magistr va bakalavriat bitiruvchilari uchun alohida adabiyotlar ajratilib, ularning uzluksiz foydalanishlari uchun sharoit yaratiladi;
  • institut ta’lim yo’nalishlarida mavjud fanlarning elektron o’quv –uslubiy majmualari АRM bazasida yig’iladi hamda talabalarning erkin foydalanishlari uchun sharoit yaratiladi. Kitobxonlarimiz erkin foydalanishlari uchun : kutubxonaning kitob fondiga an’anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), tashuvchi disklarga yozilgan kam nusxadagi adabiyotlarning elektron nusxalari mavjud va ulardan samarali foydalaniladi. Hozirgi kunda АRMga a’zo bo’lgan kitobxonlar 9100 nafardan oshdi, ularning 657 nafari institut professor-o’qituvchilari va xodimlari, 7044 nafari esa institutimiz talabalardir.
    АRMning umumiy fondi 16027 nomdagi 167494 nusxadan iborat bo’lib,ulardan (lotin imlosida 645 nomdagi 14806 nusxa):
  • darsliklar 4809 nom/56691 nusxa;
  • o’quv qo’llanmalar 6104nom/67845 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1407 nom/17690 nusxa;
  • ma’ruza matnlari 66 nom/5409 nusxa;
  • boshqa adabiyotlar 3641 nom/19859 nusxa.
    Shundan:
  • davlat tilida 9074 nom/124445 nusxa;
  • rus tilida 5709nom/37744 nusxa;
  • xorijiy tilda 1244 nom/5315 nusxa.
    Elektron hujjatlar fondi 10075 nomda bo’lib, shundan:
    • darslik va o’quv qo’llanmalar 8238;
    • o’quv-uslubiy qo’llanmalar 1553;
    • boshqa adabiyotlar 284;
    • CD-ROMlarda yozilgan adabiyotlar 1400 nomni tashkil etadi.


Markaz rahbari: Turdieva Maxpirat Norbutaevna

Qabul vaqti Har kuni
Telefon: (0 375) 221-03-77
E-mail: resurs@qmii.uz