Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol”

2016 yil 4 mart kuni institutning 2-sonli talabalar turar joyida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami va“Sog‘lom ona va bola” yiliga bag‘ishlab “Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institutning Akademik letsiy va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z.Botirov, Energetika fakulteti dekani A.Yusupov, Energetika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Ro‘ziyev, Neft va gaz fakulteti dekan muovini I.Xolbozorov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida institutning “Barkamol avlod” badiiy jamoasi va Toshkent davlat san’ati va madaniyat instituti bituvchi kurs talabalari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarini hushnud etishdi.

12

13