Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Sumalak sayli”

2016 yil 10 mart kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Azal-azaldan xalqimizning ezgu va guzal qadriyatlaridan biri bo‘lgan, xalqimizni olijanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga o‘lmas meros sifatida bezavol o‘tib kelayotgan asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Sumalak sayli” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Bozorov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z.Botirov, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, bo‘lim boshliqlar, institut professor-o‘qituvchilari, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi hamda faollari, 1-sonli talabalar turar joyi xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida institutning “Barkamol avlod” talabalar badiiy jamoasi a’zolari va Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchi kurs talabalari A.Nazarov, U.Muxammadiyev, N.Ismoilovlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

12

13