Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 12 mart kuni Qarshi olimpiya zahiralari sport kollejida “O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 33-bandi ijrosini hamda umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va avvalgi yillar bitiruvchilarini kasbga yoki aniq ish joyiga yo‘naltirish, o‘qishini davom ettirishi va ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, Viloyat savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi va Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini kafedralari o‘z ta’lim yo‘nalishlari mazmunini aks ettiruvchi baner va targ‘ibot materialar bilan ishtirok etishdi.

14

15