Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institutda joriy yilning 10-mart kuni “Innovatsion g‘oyalar” Respublika ko‘rik tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Institutda joriy yilning 10-mart kuni “Innovatsion g‘oyalar” Respublika ko‘rik tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda institutning yosh olimlari va iqtidorli talabalari tomonidan: Energetika, energiya va resurs tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish, Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va farmokologiya, Neft va gaz kimyosi, yer haqidagi fanlar (geologiya, geofizikaka, seymsologiya), Mexanika, mashinasozlik va materialshunoslik, paxta tozalash, to‘qimachilik, matbaa va yengil sanoat. yo‘nalishlarda 15 tadan ortiq loyihalar taqdim qilindi. Tanlov ekspert guruhlari tomonidan xolis va oqilona o‘tkazildi hamda baholandi. G’oliblarga Respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi. Natijada: 1-“Energetika, energiya va resurs tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish” yo‘nalishiga: “Issiqlik energetikasi” kafedrasi assistenti Diyarov Fazliddin Murodovich tomonidan taqdim etilgan “Quyosh isitgichli biogaz qurilmasi” nomli ishlanmasi va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabasi Tovashov Rustam Xo‘jaxmat o‘g‘li tomonidan taqdim etilgan “Kombinatsiyalashgan quyosh suv chuchitish qurilmasi” nomli ishlanmasi; 2-“Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo‘nalishiga: Umumtexnika fanlari” kafedrasi assistenti Qo‘ziyev Nodir Murodillayevich tomonidan taqdim etilgan “Poliz ekinlari yetishtirishda tuproqqa ishlov berishga yo‘naltirilgan texnologiya va kombinatsiyalashgan agregat” nomli ishlanmasi hamda Geologiya va konchilik fakulteti “Atrof muxit himoyasi va ekologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi Rustamov Javoxirning “Atrof muhitni muhofaza qilish va suv, yer resurslaridan unumli foydalanish texnologiyasi” nomli ishlanmasi; 3- “Kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va farmokologiya” yo‘nalishiga: “Kimyo” kafedrasi assistenti Farmonov Jasur Boyqarayevich tomonidan taqdim etilgan “Ikki bosqichli presslash usulida yuqori darajada moy ajratib olishning ekologik toza texnologiyasi” nomli ishlanmasi; 4-“Neft va gaz kimyosi, yer haqidagi fanlar (geologiya, geofizika, seymsologiya)” yo‘nalishiga: “Konchilik ishi va geodeziya” kafedrasi assistenti Nurxonov Xusan Almirza o‘g‘li tomonidan taqdim etilgan “Qo‘ng‘ir ko‘mirdan bitum olish texnologiyasi” nomli ishlanmasi hamda “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sattorov Laziz Xolmurodovich tomonidan taqdim etilayotgan “Mahalliy xom-ashyolarni qayta ishlash va har xil soha filtrlarini tayyorlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish” nomli ishlanmasi; 5-“Mexanika, mashinasozlik va materialshunoslik, paxta tozalash, to‘qimachilik, matbaa va yengil sanoat” yo‘nalishiga: Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi laboranti Irnazarova Ziyoda Baxtiyor qizi tomonidan taqdim etilgan “Hosilni zararkunanda hashoratlardan himoyalovchi elektrooptik qurilma” nomli ishlanmasi tavsiya etildi.

14

15