Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“SUV – BEBAHO NE’MAT”

2016 yilning 22 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 22 mart – Butunjahon suv kuni munosabati bilan, O’zbekiston Ekologik harakati Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Suv bebaho ne’mat” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, O’zbekiston Ekologik harakati Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari N.Halimov, bo‘lim koordinatori G.Jo‘rayeva, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi viloyat bo‘limi inspektorlari X.Jomurodov, J.Qurbonov, institut murabbiylar Kengashi raisi S.Ibragimov, Texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va 80 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

12

13