Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

NAVRO’Z – TINCHLIK VA BAHOR BAYRAMI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-talabalar turar joyida “Navro‘z-tinchlik va bahor” bayrami mavzusida talabalar, shoirlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir institutning “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi jamoasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan shoir O’ktam Sa’din Navro‘z bayrami xalqimizning eng qadimiy va go‘zal bayrami, millatimizning qalbi va ruhiyatiga asrlar davomida singib ketgan bebaho va qadrli qadriyat ekanligi haqida o‘z qarashlarini bildirdi.

So‘zga chiquvchilar tomonidan Navro‘z bayrami – bahor va go‘zallik bayrami, mehr-oqibat bayrami, yangilanish fasli bo‘lmish navbahorni boshlanishi, insonni qalbidagi inja umidlarni ilhomu junbushga keltiradigan siru sinoatligi yuzasidan fikrlar aytildi.

Kechada shoir O’ktam Sa’din inson ruhiyatining kechinmalari va hayotning turli manzaralari mohirona aks ettirilgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi. Navro‘z bayrami munosabati bilan O’ktam Sa’din bilan bo‘lgan ijodiy muloqot nihoyatda qiziqarli va samimiyligi bilan tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida O’ktam Sa’din talabalardan tushgan savollarga javob berdi va eng qiziqarli savol egalariga esdalik sifatida kitoblar sovg‘a qilindi.

DSC_4180

DSC_4148

DSC_4136

DSC_4131

DSC_4130

DSC_4124