Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yо‘nalish kubogi

2016 yil 12 aprel kuni Texnologiya fakulteti “Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan 5410500 – “Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi talabalari о‘rtasida sportning futbol turi bо‘yicha “Yо‘nalish kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqani kafedra mudiri A.Abdiyev kirish sо‘zi bilan ochib, ushbu tadbir ilk marotaba ta’lim yо‘nalishlari о‘rtasida tashkil etilganligi, joriy о‘quv yilida mazkur ta’lim yо‘nalishida 10 akademik guruh bо‘lib, ushbu musobaqada 8 ta jamoa qatnashishi, shuningdek musobqa Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi arafasida о‘tkazilayotganligi tо‘g‘risida gapirdi.

Musobaqani о‘tkazishda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi о‘qituvchilari R.Ergashev, E.Yusupov, SH.Avazov, A.Uzoqmurodov, I.Boymurodov, I.Arslonovlar faol ishtirok etishdi. “Jismoniy tarbiya” kafedrasi о‘qituvchisi Shukur Avazov bosh hakam vazifasini bajardi.

Musobaqa shartlariga kо‘ra har bir jamoa tarkibi 8 nafardan (6 nafari о‘yinda, 2 nafari zahira) qilib shakllantirildi. Birinchi bosqichda mag‘lub bо‘lgan jamao musobaqaning 2-turiga qatnashmadi.

Musobaqaning ikkinchi bosqichi (yarim final) da QXT-249, QXT-150, QXT-250, QXT-349 guruh jamaolari ishtirok etishdi. Final bosqichida QXT-249 va QXT-349 guruh jamoalari о‘zaro kuch sinashdi. О‘yinning 1-taymida QXT-349 guruh jamaolari tomonidan kiritilgan yagona gol guruh о‘yin oxiriga qadar о‘zgarmay qoldi. Musobaqa natajalariga kо‘ra 3-kurs QXT-349 guruh talabalaridan ibort jamoa (guruh murabbiy katta о‘qituvchi Tо‘lqin Rо‘ziyev) g‘olib deb topildi va ta’lim yо‘nalishining kubogini qо‘lga kiritdi.

Tadbir sо‘nggida “Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.Abdiyev, “Jisomniy tarbiya” kafedrasi mudiri R.Ergashev sо‘zga chiqib, final bosqichida ishtirok etgan QXT-249 va QXT-349 guruh jamoalari a’zolarini tabrikladi.

G‘olib jamao a’zolari esdalik sovg‘alari hamda “Yо‘nalish kubogi” bilan taqdirlandi.

2016-04-12 16.32.06

2016-04-12 17.10.48

2016-04-12 19.07.38

2016-04-12 19.09.17