Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

15-16 aprel kunlari respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan halqaro, ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi” va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi 27-sonli buyrug‘iga ko‘ra institutda 2016 yil 15 aprel kuni soat 1000 da “Ishlab chiqarish korxonalarining energiyatejamkorlik va energiya samaradorlik muammolarini yechishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanining ochilishi bo‘ldi.
Anjumanni o‘tkazishda respublikadagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar, O‘zRFA ilmiy-tekshirish institutlarining ilmiy xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

SAM_5299

SAM_5302