Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Quvnoqlar va zukkolar hududiy bosqichi bo`lib o`tdi

“O‘zbekiston Respublikasida 2016 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning “Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 12-aprel kuni Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik tanlovining hududiy bosqich bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod”, Qarshi davlat universitetining “Farzona”, TATU Qarshi filialining “Xakerlar”, Navoiy konchilik institutining “Talablarga binoan talabalar”, Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra Navoiy davlat konchilik institutining “Talablarga binoan talabalar” jamoasi 1-o‘rinni, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod” jamoasi 2-o‘rinni egalladi va ushbu jamoalar “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik tanlovining yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

DSC_0029

DSC_0055

DSC_0073

DSC_0099