Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Ilmning fazilati” kitobining taqdimoti

         2016 yil 19 aprel kuni  institut Axborot-resurs markazi o‘quv zalida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash” kafedrasi bilan hamkorlikda Usmonxon Alimovning “Ilmning fazilati” nomli kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Texnologiya fakultetining QXT-350, Muhandis-texnika fakultetining  KTT-492 va magistratura bo‘limi talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni ARM rahbari M.Turdiyeva kirish so‘zi bilan ochib, bilim olish uchun talabalarimizga yaratilayotgan sharoitlar, oxirgi yillarda talabalar va kitobxonlar uchun xarid qilinayotgan yangi adabiyotlar haqida  aytib, ularning ko‘rgazmasi bilan tanishtirdi. Birgina 2015 yil davomida 196 nomdagi 2960 dona o‘quv va boshqa adabiyotlar uchun  35 mln. 350 ming so‘m sarflanganligi, bu mablag‘lar yildan yilga o‘sib borayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.

Usmonxon Alimovning “Ilmning fazilati” kitobi to‘g‘risida  QXMS va DIT kafedrasi dotsenti Sh.R. Ubaydullayev o‘z fikrlarini gapirib berdi. Kitobda muallif tomonidan mustaqillik yillarida Respublikamizda dunyoga dovrug‘i ketgan ulug‘ ajdodlarimizning boy ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy meroslari, dunyo ilmini rivojlantirishdagi hissalari to‘g‘risida qiziqarli va boy ma’lumotlar keltirilganligi ta’kidlandi. Ayniqsa, kitobning “Ilmga beparvo bo‘lmaylik” deb ataluvchi bo‘limida yoshlarimizni dunyoviy ilmlar egasi va kasb-hunarli bo‘lishida muhim vazifa ekanligi uqtirilib, ular bu burchlarini sharaf bilan bajarishlariga da’vat etiladi.

Tadbir davomida talabalar ham o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar, ular tomonidan berilgan savollarga  QXMS va DIT kafedrasi dotsenti Sh.R. Ubaydullayev  va ARM rahbari M.Turdiyeva atroflicha  javob berdilar.

Lz 052Lz 053  Lz 051