Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institutda sportning Kurash va Dzyu-do turlari  buyicha Respublika “Talaba” sport uyushmasi chempionati bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil        10 dekabrdagi 65-sonli majlisi bayoni hamda mazkur bayon bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning V “Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Universiada-2016” ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2016 yil       21-25 aprel kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sport majmuasida O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning Kurash va Dzyu-do turlari  buyicha Respublika “Talaba” sport uyushmasi chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori N.N.Maxmudov, Respublika “Talaba” sport uyushmasi ijrochi direktori T.J.Xayitov va Qashqadaryo viloyati Kurash federatsiyasi ijrochi direktori B.Avazovlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladilar va barcha sportchilarga omadlar tiladilar.

Sport musobaqalar qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra  jamoalar o‘rtasida sportning Kurash turi bo‘yicha:

1-o‘rinni  Qarshi Muxandislik iqtisodiyot instituti jamoasi

2-o‘rinni  Qarshi Davlat Universiteti jamoasi

3-o‘rinni  Buxoro davlat Universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sportning Dzyu-do turi bo‘yicha:

1-o‘rinni Qarshi Davlat Universiteti jamoasi

2-o‘rinni Qarshi Muxandislik iqtisodiyot instituti jamoasi

3-o‘rinni Buxoro davlat Universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar Respublika “Talaba” sport uyushmasi hamda Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.20160422_122217

20160422_162355  20160422_121842

20160422_173700