Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institut talabalari hamda kafedra professor-o‘qituvchilarining 2016 yil 1 may kuni Samarqand shahriga qilgan sayohatlari

2016 yil 1 may kuni Texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 5410500 – “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Samarqand shahriga bir kunlik sayohat uyushtirildi.

Sayohat dastlab shahrimizda joylashgan “Abu Ubayda ibn-al Jarroh” ziyoratgohini ziyorat qilishdan boshlandi.

Talabalarga ziyoratgoh mutasaddilari ushbu tarixiy maskan tarixi va mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan qilingan e’tibor samarasi bugungi kunda Qarshi shahrining ko‘rkam va qadimiy maskanlaridan biriga aylanganligi to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Samarqand shahridagi dastlabki manzil buyuk bobokalonimiz Amir Temur hazratlariga bag‘ishlab qurilgan maqbaradan boshlandi. Uerda talabalarga maqbara tarixi va sharqona me’moriy yodgorliklar, Amir Temur hazratlarining qabrlarini ochilishi, uning oqibatlari to‘g‘risida hamda mustaqillik yillarida maqbaraga berilgan e’tibor, rekonstruksiya ishlari to‘g‘risida mutasaddilar va tarixchi olimlar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Qadimiy maqbara va qadamjolarga sayohatni davom ettirish maqsadida guruh Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqand viloyatining Chelak tumaniga yo‘l olishdi.

Islom dunyosida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Hadis kitobi muallifi hadisshunos olim Imom Al-Buxoriy hazratlariga atab qurilgan ushbu maqbara talaba-yoshlarda juda chuqur taassurot qoldirdi. Majmua atrofida go‘zal bog‘ yaratilgan bo‘lib, o‘ng tomonida Jome masjid va islom dini tarixidan so‘zlovchi eksponatlardan iborat muzey tashkil etilgan. Muqaddas qadamjoda Imom Al-Buxoriy hazratlari bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlarni kelgan mehmonlarga so‘zlab berish uchun dinshunos va tarixchi olimlar guruhi shakllantirilgan.

Ma’lumki mamlakatimizning boy tarixiy merosi, tarixda chuqur iz qoldirgan olimlar va mutafakkirlar tomonidan ilm-fan dunyosidan birinchilardan bo‘lib yangi ochilishlar va kashfiyotlar yaratgan.

Ilm-fan taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shgan bobokalonlarimiz tarixini o‘rganish maqsadida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif uyushtirildi.

Ushbu tarixiy obidaga bo‘lgan tashrifdatalabalarota-bobolarimizning falakiyot ilmiga qo‘shgan hissalari, Mirzo Ulug‘bek hazratlarining mazkur jarayonlardagi hissasi va buni jahon olimlari tomonidan tan olinishi to‘g‘risida bir-biridan qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Talabalarga tarixchi olimlar tomonidan rasadxona tarixi, o‘z davrida qilingan ilmiy izlanishlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida va Mirzo Ulug‘bek hazratlarining “Zijji Ko‘ragoniy” asarlari yuzasidan qisqacha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Ushbu asarning hozirgi davr astronom olimlari uchun dasturi amal bo‘lib xizmat qilganligi talaba-yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Sayohatning navbatdagi manzili, dunyo hamjamiyatini lol qoldirgan, o‘zbek millatining tarixi va qadim davlatchiligi, boy madaniy merosini asrlar davomida  ko‘z-ko‘z qilib kelayotgan Registon maydonida joylashgan maqbaralarga bo‘ldi. Maydonda joylashgan “Tillakori”, “Ulug‘bek”, “Sherdor” maqbaralari yurtdoshlarimizni tarixda qay darajada yetuk va mukammal davlatchilikka asos solganligi, bu borada Amir Temur hazratlarining tutgan o‘rni va xizmatlarini anglatuvchi boy madaniy meroslarini o‘zida jamlagan.

Sayohatchilar Samarqand shahridan katta taassurot bilan qaytishdi.

4444444444

111111111111

222222222222