Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Fahriylar hamisha e’zozimizda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 4793-F-sonli Farmonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2016 yil 28-apreldagi 169-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 may kuni institutda “Fahriylar hamisha e’zozimizda” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori N.Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni “9-may xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami” bilan qizg‘in tabrikladi hamda institutda ko‘p yillardan beri mehnat qilayotgan va hozirda qarilik gashtini surayotgan nafaqadagi fahriy professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga bayram sovg‘alarini topshirdi.Shuningdek, tadbirda Respublika Nuroniylar jamg‘armasi viloyat kengashi raisi Ya.Inoyatov ham so‘zga chiqib, barchi fahriylarni bayram bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida, institutning “Barkamol avlod” talabalar badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barcha ishtirokchilarga hush kayfiyat baxsh etdi.

2221

23

20