Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sog‘lom, ilmli va ma’naviyatli qizlar–mustahkam oila poydevori

 2016 yil 13 may kuni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida institutni “Olima” uyushmasi hamda “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlab Sog‘lom, ilmli va ma’naviyatli qizlar–mustahkam oila poydevori mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va genekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali shifokori O.Karimova, viloyat OITS ga qarshi kurash markazi shifokori D.Xudoyberdiyeva, viloyat “Oila markazi” rahbari Z.Mamanazarova, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Xasanova, “O’zbekiston tarixi”kafedrasi mudiri, professor Yu.Ergasheva, viloyat Salomatlik va tibbiy statistika instituti filiali bo‘lim boshlig‘i D.Turopova, professor-o‘qituvchilar M.Hakimova, S.Murtozova, Ch.Temirovalar va 85 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.

111111111

333333333333

22222222222222