Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xotira turniri final bosqichi o‘tkazildi

2016 yil 14 may kuni institutning Energetika fakulteti sport maydonchasida “2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili” va “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan sportning minifutbol turi bo‘yicha xotira turniri yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari faollari ishtirok etishdi. Finalda Elektr energetika yo‘nalishi 4-kurs “ChASTOTA” va Elektr energetika yo‘nalishi 2-kurs “FAZA-1” jamoalari bellashdilar. O‘yinda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida “ChASTOTA” jamoasiga omad kulib boqdi va ular g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Musobaqa so‘nggida g‘olib jamoa a’zolariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

15 16