Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Islohotchi” yana g‘olib

27 may 2016 yilda  Qarshi san’at kollejida Qashqadaryo viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari o‘rtasida “Soliq bilimdonlari” ko‘rik tanlovining   tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot-instituti Iqtisodiyot fakultetining “Islohotchi” jamoasi mehmon jamoa sifatida ishtirok etib, barcha shartlar natijasiga ko‘ra eng yuqori ballarni to‘plab birinchi o‘rinni egalladi. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan Qashqadaryo viloyati G’uzor moliya iqtisodiyot kollejining “Yosh soliqchi”, Qarshi tuman «Xushvaqt» agro biznes kasb-hunar kollejining “Hisobchi” hamda Qarshi “Nuriston” akademik litseyining “Yuksalish” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

—Biz uchun jamoa a’zolarining chiqishlarini baholash juda qiyin bo‘ldi. O’quvchilarimiz yosh bo‘lishiga qaramay soliq sohasiga oid bilimlarini sahna ko‘rinishlari orqali mahorat bilan namoyish qildilar. Berilgan savollarga aniq va to‘liq javob berayotganlarini ko‘rib ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi:-deydi viloyat Davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimi Rustam Andayev.

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

111111111111

33333333333

222222222