Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2016 yil 26 may kuni Qarshi shahridagi “Oydin” MFYda Paxtazor mitti tumanida ijarada istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar, mahalla faollari va soha vakillari ishtirokida “Diniy ekstremizm, terrorizm, va giyohvandlikga qarshi kurash, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza qilish–davr talabi”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.B.Xayriddinov, Qashqadaryo viloyat IIB, Tergov boshqarmasi tergovchisi, leytenent Sh.A.Muxammadiyev, “Oydin” MFY raisi Sh.Bozorova, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.A.Maxmanazarov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari Sh.Axmedov, K.Mirzayev, A.Ro‘ziyev, I.Saidov, I.Nazarov , talaba-yoshlar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan “Bugungi kunda global xavfsizlikka tahdid solayotgan diniy-ekstremistik guruhlar, terrorchi tashkilotlar, ularning faoliyat uslublari va strategiyasi” va Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzularida ma’ruzalar qilinib, “Fitna” nomli film namoyish etildi.

333333333333

22222222222

111111111111