Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yoshlar va internet

2016 yil 23 may kuni institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida Texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Talabalar internet harakati” loyihasiga asosan “Yoshlar va intenet” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi” yetakchi mutaxassisi A.Dustov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh.Axmedov va fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 50 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.