Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sog‘lom muhit inson salomatligi

2016 yil 2 iyun kuni institutning 1-sonli talabalar turur joyi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida Geologiya va konchilik fakulteti, “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedra jamoasi tomonidan 5 iyun “Butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Sog‘lom muhit inson salomatligi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani M.Raxmatov, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ANIVI bo‘lim boshlig‘i Sh.Xaydarov, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Atmosfera havosini taxliliy nazorat” bo‘limi boshlig‘i J.Damayev, “Tuproq” bo‘limi mutaxassisi A.Sayfiyev, kafedra mudiri B.Xolbayev, kafedra professor-o‘qituvchilari U.Panjiyev, I.Yusupov, Y.Zuxurov, U.To‘rayev, Z.Boyirov, D.Qilichova hamda 46 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi

20160602_175840 20160602_180510