Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Bitiruvchi magistr va bakalavrlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Joriy yilning 9 iyul kuni 2015-2016 o‘quv yilida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2016” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot rahbar xodimlari hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori N.Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib, 2015-2016 o‘quv yilida institutni muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarni qizg‘in tabriklab kelgusi ishlariga omadlar tiladi.
Tadbir davomida barcha bitiruvchi bakalavr va magistrlarga diplomlar institut rahbariyati va tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tanatanali ravishda topshirildi. Shuningdek imtiyozli diplomga sazovor bo‘lgan iqtidorli talabalarning ota onalariga institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnamalar berildi
Tadbir so‘ngida institutning “Barkamol avlod” badiiy jamoasi a’zolari tomonidan kuylangan kuy qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat taqdim etdi.

 

2
 
3
 
4
 
6