Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Yoshlar va saylov” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2016 yil 18 noyabr kuni institutning 1 sonli talabalar turar joyida Kafedra haftaliklari doirasida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan “Yoshlar va saylov” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri A.Raxmatullayev, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Maxmanazarov, “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.Normamatov, O.Amonov, 1 sonli talabalar turar joyi mudiri A.Abdunazarov hamda 42 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir qiziqarli savol javoblar va bahs munozaralarga boy tarizda o‘tdi.

3 4 5