Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Mening ovozim-Vatanim kelajagi

2016 yil 22 noyabr kuni “O‘zgeoburg‘uneftgaz” AKning katta majlislar zalida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo saylov okrug komissiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 748-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar hamda yoshlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakillantirish, o‘tkazilayotgan saylovlar borasida yosh saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashadigan yoshlarning xabardorligini, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik hissini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda yoshlarning ovozi jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi uchun muhum ekanligi, bu nafaqat muhim konstitutsiyaviy huquq, balki ayni vaqtda siyosiy mas’uliyat ekanligini targ‘ib qilish maqsadida “Mening ovozim-Vatanim kelajagi” mavzusida Yoshlar Forumi tashkil etildi.
Tadbirda 13-Qashqadaryo saylov okrug komissiyasi raisi I.Jo‘rayev, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi raisi Sh.Sattorov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi Sh.Chorshanbiyev, fakultetlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, hamda birinchi marta saylovda ishtirok etadigan (18 yoshga to‘lgan) 100 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

1

2

0

4