Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 19 dekabr kuni institutning “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan, talaba-yoshlarni konstitutsiyaga oid bilimlarini, huquqiy ongi va dunyoqarashini mustahkamlash maqsadida fakultet jamoalari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Neft va gaz fakultetining “Adolat”, Geologiya va konchilik fakultetining “Ekologiya”, Iqtisodiyot fakultetining “Senat”, Muhandis texnika fakultetining “Xumo”, Energetika fakultetining “Lochin” hamda Texnologiya fakultetining “Qalqon” jamoalari o‘zaro bellashishdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni Iqtisodiyot fakultetining “Senat” jamoasi.

2-o‘rinni Geologiya va konchilik fakultetining “Ekologiya” jamoasi.

3-o‘rinni Energetika fakultetining “Lochin” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga “Kamolot” YOIH IBT tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

555555555

66666666666

77777777777

888888888888