Mehribonlik uyiga tashrif
2016 yil 24 dekabr kuni Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyiga, institutning Texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlaridan iborat guruh tashrif buyurib “Yangi yil” bayrami munosabati bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxoni bezab, bayram sovg‘alarini topshirishdi. SHuningdek institutning “Barkamol avlod” talabalar badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi.