Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yurt qadrini madh etgan shoir

2016 yil 27 dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat xonasida, institutning “O‘zbek va rus tili” kafedrasi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Kamolot” YOIH IBT faol talaba-yoshlari tomonidan O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosidan yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida“Yurt qadrini madh etgan shoir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin meros” jamg‘armasi viloyat bo‘limi boshlig‘i shoira SHarofat Ashurova, shoir Jumaqul Rajabov, “Kamolot” YOIH IBT etakchisi SH.CHorshanbiev, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchisi YU.Rahmonova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 86 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan shoirning she’rlaridan namunalar o‘qilib, “Oltin devor” asaridan sahna ko‘rinishi namoyish qilindi.

22222222

3333333333

1111111111111