Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy-armiya xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir

2017 yil 12 yanvar kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Iqtisodiyot fakulteti hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli 86729 harbiy qism bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan! shiori ostida “Milliy-armiya xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli 86729 harbiy qism ofitserlari, mayor S.Hoshimov, kapitan I.Abduxoliqov, kapitan I.Mamatov, serjant S.Jo‘raev, oddiy askar SH.Komolov, Iqtisodiyot fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini K.Mirzaev, “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri G.Jumaeva, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri J.SHonazarov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri YU.Ergasheva, fakultet professor-o‘qituvchilari Z.SHoxujaeva, SH.Fayzieva hamda 76 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda harbiy xizmatchilar talaba-yoshlarga mustaqillik yillarda harbiy sohada amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berishdi Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Jaholat tuzog‘i” filmi namoyish etildi.

333333

222222222

4444444444

111111111111