Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Vatanni himoya qilish-sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch

2017 yil 13 yanvar kuni institutning Texnologiya fakultetida professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Vatanni himoya qilish-sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 10329-sonli harbiy qism ofitserlari, “Jasorat” medali sohibi mayor I.Norqobilov, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi mayor M.Madmurodov, kapitan D.Bobomurodov, kapitan A.Matnazarov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini SH.Ahmedov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri YU.Ergasheva, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 87 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yil davomida erishgan yutuqlari, olib borilgan islohotlar va Harbiy havo qo‘shinlarining maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida namoyish qilingan “O‘zbekiston lochinlar” nomli film tadbir qatnashchilarida katta ta’surot qoldirdi.

3333333333

22222222222

44444444444

11111111111111