Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy armiyamiz tarixi bilimdoni

2017 yil 14-yanvar kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barcha fakultetlarning harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism tavsiyanomasi asosida institutda tahsil olayotgan talabalaridan iborat jamoalari o‘rtasida “Milliy armiyamiz tarixi bilimdoni” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Qarshi shahar IIB xodimlari A.Jo‘rayev, Sh.Toshpulatov, O‘zbekiston Respublikasi “Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi a’zolari, “Tarovat” gazetasi bosh muharriri N.Ibragimova, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Yu.Ergasheva, kafedra professor-o‘qituvchilari D.Vasiyeva, Ch.Temirova, Q.Maxmanazarov, Z.Safarova, S.Murtozova, D.Abduqahhorova, “Kamolot” YoIH IBT yetakchisi Sh.Chorshanbiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tanlovda Neft va gaz fakultetining “Burgut”, Geologiya va konchilik fakultetining “Qalqon”, Iqtisodiyot fakultetining “Jasorat”, Muhandis texnika fakultetining “Adolat”, Energetika fakultetining “Lochin” hamda Texnologiya fakultetining “Vatanparvar” jamoalari o‘zaro bellashishdi.
Tanlov natijalriga ko‘ra:
1-o‘rinni Geologiya va konchilik fakultetining “Qalqon” jamoasi.
2-o‘rinni Neft va gaz fakultetining “Burgut” jamoasi
3-o‘rinni Muhandis texnika fakultetining “Adolat” jamoalari egallashdi.
Tanlov g‘oliblariga institut rektorining diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

7 8 9 10