Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy armiyamiz-tinch, osuda va farovon hayotimizning mustahkam kafolati

2017 yil 13 yanvar kuni institutning Geologiya va konchilik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Milliy armiyamiz-tinch, osuda va farovon hayotimizning mustahkam kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Qarshi shahar “Faxriylar kengashi” a’zolari podpolkovniklari N.Yuldoshev, M.Shermatov, O.Ro‘zimurodov, Geologiya va konchilik fakulteti dekani M.Raxmatov, fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Nazarov, fakultet professor-o‘qituvchilari M.G‘ofurov, S.Samiyevlar hamda 65 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

4 5 6