Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Posboniman muqaddas yurtning!

2017 yil 16 yanvar kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlab “O‘zbekiston mustaqil Vatanimiz, milliy armiya faxru g‘ururimiz!” shiori ostida “Posboniman muqaddas yurtning!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i L.Saodatova, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabi boshlig‘i podpolkovnik A.Xoldorov, institut professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlari hamda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabi ofitser va kursantlari, ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, institutning talabalar badiiy-havaskorlik jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturi namoyish qilindi.

1 2 3