Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Toshkent” fond birjasi mutaxassisi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

2017 yil 18 yanvar kuni institutda moliya-iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun fond bozori to‘g‘risida asosiy tushunchalar, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan birja savdolari tartibi va uning afzalliklari, bu bozorda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, “Toshkent” respublika fond birjasi bo‘lim boshlig‘i G‘.Tursunov, Iqtisodiyot fakulteti dekan muovinlari Sh.Mingboyev, K.Mirzayev, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
“Toshkent” respublika fond birjasi mutaxassisi fond birjasining qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan o‘rni, mazkur birjaning tarixi, faoliyat maqsadi, vazifalari, birja savdo aylanmalarining o‘tgan yillar davomida o‘sish dinamikasi, umumiy savdo aylanmasida iqtisodiyot tarmoqlarining ulushi, tuzilgan birja bitimlari soni, birja kotirovkalash varag‘i (birja listingi), birjaning xalqaro hamkorlik aloqalari xaqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob olishdi.

11 12 13