Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qudratimiz birlik va hamjixatligimizda.

2017 yil 27 yanvar kuni Qarshi Davlat universitetining faollar zalida Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston – ko‘p millatli ahil oila” shiori ostida “Qudratimiz birlik va hamjixatligimizda” mavzusida do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari B.Qodirov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham turli millat va elat vakillari o‘zaro tinch-totuv, birdamlik, bahamjihatlikda yurt ravnaqi, el farovonligiga munosib hissa qo‘shib yashab kelayotganliklari haqida gapirib, Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

SHudan so‘ng, Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i E.Daminov, viloyat Tojik milliy madaniy markazi raisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi institut professori A.Ergashev, viloyat Rus milliy madaniy markazi raisi E.Kucherenko, viloyat Arab milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari, “SHuxrat” medali sohibi N.Panjievlar Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligi bilan tadbir qatnashchilarini tabriklashdi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, barcha fakultet dekan muovinlari institutda tahsil olayotgan 60 nafar boshqa millat vakillaridan iborat talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

22222

111111

3333333

44444444