Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 27-yanvar kuni Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti fakultet jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Kamolot kubogi” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda, Neft va gaz fakultetining “Boyvachcha”, Geologiya va konchilik fakultetining “TTG-Tinib tinchimas geologlar”, Energetika fakultetining “Baklajan”, Muxandis-texnika fak ultetining “Bojalar”, Texnologiya fakultetining “Og‘alar” va Iqtisodiyot fakultetining “Soliqchilar”jamoalari ishtirok etishdi.
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi g‘olibligini Muxandis-texnika fakultetining “Bojalar” jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Texnologiya fakultetining “Og‘alar” jamoasi va 3-o‘rinni Neft va gaz fakultetining “Boyvachcha”jamoasi qo‘lga kiritdi.1 2 3 4 5