Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Istiqlol me’mori

2017 yil 30 yanvar kuni Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish maqsadida “Istiqlol me’mori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabi boshlig‘i podpolkovnik A.Xoldorov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Yu.Ergasheva, kafedra katta o‘qituvchisi Q.Maxmanazarov, Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabi xizmatchilari, kursantlari va institut talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “E’zoz” filmi namoyish etildi.

20 21 22 23