Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Mustaqillik me’mori

2017 yil 31 yanvar kuni institutning “Prezident asarlarini o‘rganish” markazida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Kamolot” YoIH IBT faol talabalari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida “Mustaqillik me’mori” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori N.Mahmudov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirgan shaxs sifatida, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilganini e’tirof etib, 25 yil ichida mustaqil O‘zbekistonda barcha sohalarda erishilgan yutuqlarda Islom Karimovning xizmatlari beqiyos bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri professor Yu.Ergasheva, kafedra professor-o‘qituvchilari Ch.Temirova, D.Vasiyeva, S.Murtozova, Z.Safarova, D.Abduqahhorova hamda 85 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida institutning “Barkamol avlod” talabalar badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan “Munosib voris bo‘laylik” nomli sahna ko‘rinishi tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Ertangi kun bizniki, Marra bizniki” nomli film namoyish etildi.

25 26 27 28