Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘zbek modeli asoschisi

2017 yil 30 yanvar kuni institutning Neft va gaz fakulteti “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab “O‘zbek modeli asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani A.Mallayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, “Ijtimoiy fanlar” kafedra o‘qituvchisi S.To‘rayeva, fakultet professor-o‘qituvchilari R.Yusupov, G‘.Aralov hamda 85 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

1234