Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Siz doimo qalbimizdasiz.

2017 yil 30 yanvar kuni institutning Energetika fakultetida Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va dasturiy fikrlarning jamiyat hayotidagi amaliy ifodasi hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari olib borish maqsadida EE-183-16, EE-184-16, EE-186-16, EE-187r-16, IE-134-15, IE-135-15, IE-138-15 guruhlarida – Milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlangan materiallar asosida davra suhbatlari, uchrashuvlar, ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Tadbirlarda Energetika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Ruziyev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini A.Qoraqulov, “Issiqlik energetika” kafedrasi dotsenti I.Qodirov, “Elektr energetika” kafedrasi dotsenti M.Fayziyev, professor-o‘qituvchilar A.Mamatqulov, M.Aminova, institut ARMning Energetika fakulteti filiali xodimlari M.Shonazarova, M.Umrzoqova, B.Jabborova hamda tlaba-yoshlar ishtirok etishdi. ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va dasturiy fikrlarning jamiyat hayotidagi amaliy ifodasi hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida tushunchalar berildi va institut ARMning fakultet filialida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning asarlaridan ko‘rgazma tashkil etildi.

7 8 9 10