Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

So‘nmas ijod sohiblari

2017 yil 14 fevral kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi, Magistratura bo‘limi hamda “Kamolot” YOIH IBT faol talabalari bilan hamkorlikda O‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlab “So‘nmas ijod sohiblari” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri O.Begimov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i N.Djuraev, “Kamolot” YOIH IBT etakchisi SH.CHorshanbiev, kafedra katta-o‘qituvchisi YU.Raxmonova hamda 72 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir qatnashchilariga institut talaba-yoshlaridan tuzilgan “Barkamol avlod” talabalar jamoasi tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.

3333333

22222222

1111111111