Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatlari

2017 yilning 24  mart  kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot  institutining ma’naviyat  zalida  Yaponiyaning ISI instituti  Prezidenti Ogino Masaaki  hamda Toshkentdagi   “Yaponiyada  ta’lim  olishga  ko‘maklashish va yapon  tilini  o‘rgatish” markazi  direktori  D. Ikromova  ishtirokida  “Yaponiyada  ta’lim  olish  imkoniyatlari”  mavzuida  seminar  bo‘lib  o‘tdi. Institutning xalqaro aloqalar  bo‘limi tashkilotchiligida  o‘tkazilgan mazkur  seminarda  institut rektori N.N.Maxmudov  ilmiy ishlar  prorektori G‘.N.Uzoqov, professor  o‘qituvchilar, yosh olimlar  hamda iqtidorli  talabalar  qatnashishdi. Tadbir  qizg‘in  munozara  va savol javoblar  shaklida  va  yig‘ilganlarning  faol  ishtiroki  asosida  o‘tkazildi.

1111111

22222222