Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Muruvvat, ezgulik va xayrli ish kundalik faoliyatimizga aylansin

2017 yil 20 mart kuni institutning Energetika fakulteti jamoasi “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish ishlariga munosib hissa qo‘shish maqsadida Qarshi shahar “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida “Muruvvat, ezgulik va xayrli ish kundalik faoliyatimizga aylansin” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning Energetika fakulteti dekani H.Ravshanov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Ruziev, “Elektr energetika” kafedrasi mudiri O.Zaynieva, fakultet professor-o‘qituvchilar, Qarshi shahar “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi direktori R.Xodjaev, internat uyi tarbiyachilari va tarbiyalanuvchi bolalar ishtirok etishdi.

11111111

22222222222