Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Navro‘z saxovat va muruvvat bayrami

2017 yil 27-28 mart kunlari institutning Neft va gaz fakulteti jamoasi va fakultet tasarrufidagi kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish ishlariga munosib hissa qo‘shish maqsadida Qarshi shahar “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyiga hamda Qarshi shahar 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga tashrif uyushtirildi.

Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Neft va gaz fakulteti dekani A.Mallaev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

8

7

6

5

4

3