Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni

2017 yilning 25 aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyida “Fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni”  mavzusidagi hududiy ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy anjumanda Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari va viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining professor-o‘qituvchilari, magistr, shuningdek iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan “Ochiq darslar festivali”da akademik litseyi o‘quvchi-lariga o‘tib berilgan ochiq darslar uchun tajribali pedagoglar va sho‘ba yig‘ilishlarida o‘z ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, yosh olim hamda iqtidorli talabalar institut rektorining I darajali diplomi va sertifikatlari bilan tantanali tarzda taqdirlandilar.

77777

555555

1111111

2222222

33333333

666666666

8888888888