Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid

2017 yil 2 iyun kuni institutning Iqtisodiyot fakulteti va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan odam savdosi, diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatining mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlarini talaba-yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Iqtisodiyot fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini K.Mirzaev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Ochilova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Yovuzlik to‘ri” filmi namoyish etildi.

222222222 111111111