Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Talaba-yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va ularni nazorat qilish

2017 yil 8 iyun kuni institutining Neft va gaz fakulteti professor-o‘qituvchilari va Qarshi shahar IIB XPB bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Talaba-yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va ularni nazorat qilish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qarshi shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori, militsiya leytenanti F.Axmedov, Neft va gaz fakulteti dekani A.Mallaev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchisi S.Kargapolseva, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 67 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 44444 111111 3333333 22222222