Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Bunyodkor-2017

“Bunyodkor-2017” yoshlar mehnat harakati faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan institutning 120 nafar talaba-yoshlari, Trest-12 OAJ tashkiloti bilan hamkorlikda 2017 yil 17 iyuldan Qarshi shahrida qurilayotgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Xotira maydonining qurilishida ish faoliyatlarini boshlashdi.

Mazkur mehnat harakatida ko‘ngilli tarzda ishtirok etayotgan yoshlar shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida qatnashish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ma’lum amaliyotni o‘tash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Mamlakatimizning katta shodiyonasi arafasida o‘zlarining bunyodkorligi bilan shahrimiz obodligiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan guruh a’zolari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

444444 2222222 3333333 1111111111