Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumining yakunlariga bag‘ishlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida amaliy seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarni QarMII Xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Tilovatov olib bordi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori N.Mahmudov kirish so‘zida joriy yilning 16 iyun kuni tashkil etilgan O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan Forumi va bu forum ishtirokchilarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga murojaati Xarakatlar strategiyasini amalga tadbiq etishning yana bir amaliy ifodasi ekanligini alohida ta’kidladi.

QarMII dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi Z. Shoxo‘jaeva “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Qashqadaryo viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi muovini I.Axmedov Forumda belgilangan asosiy vazifa, ya’ni  muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyati hamda yurtimiz taraqqiyotida tutgan muhim o‘rnini ishtirokchilar orqali barcha darajadagi kasaba uyushmalari tashkilotlari, har bir kasaba uyushmasi a’zosiga etkazish, ularni  mazkur dasturiy hujjat amalga oshirilishiga safarbar etish hamda ishtirokini ta’minlash, Vatanimizning porloq istiqboli yo‘lidagi ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida jipslashtirish bilan bog‘liq vazifalar haqida  axborot berdilar.

Dasturga muvofiq O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi SH.Kubaevning ma’ruzasida  “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda  Ko‘maklashish dasturi”ni bajarish yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlari oldida turgan vazifalar haqida batafsil axborot berildi.

Muhokamalarda so‘zga chiqqan institut Xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Rahmonova Harakatlar strategiyasi jamiyatning har bir a’zosi, har bir fuqarosi uchun o‘ziga xos chaqiriq, undov bo‘lganini, kasaba uyushma a’zolari ham xalqning orzu niyatlari ro‘yobiga qaratilgan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda elkadosh ekanliklarini, barcha kasaba uyushma a’zolarini yurt taraqqiyoti yo‘lida Davlatimiz rahbari atrofida birlashishga da’vat etishlarini ta’kidladilar.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Maxmanazarov O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostidagi Forumi ishtirokchilarining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolariga Murojaati”ni o‘qib eshittirdi.

Anjuman yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlari bo‘yicha kasaba uyushmalari organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yoritish bilan bir qatorda, barcha ishchi-xizmatchilar, rahbarlar, mutasaddilar, dehqon-fermerlar, talaba-o‘quvchilar mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishga da’vat etildi.

 

Бенный