Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Web of Science va Scopus tizimini imkoniyatlari va tizimdan foydalanish tartibi bo‘yicha 2017 yil 2 sentyabrda o‘tkazilgan seminar-trening

Joriy yining 2 sentyabr kuni ilmiy ishlar prorektori, ilmiy bo‘lim boshlig‘i, 27 ta kafedraning 50 nafardan ortiq yosh o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.N.Uzoqov qatnashuvchilarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2885-son Qarori va 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tanishtirdi.

2 1
Ishtirokchilarga ilmiy ishlar prorektori G‘.N.Uzoqov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishda albatta Web of Science va Scopus tizimdan foydalanish maqsadga muvofiqligini hamda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun hujjatlar topshirishda zarurligini aytib o‘tdi.
Web of Science – ilmiy axborot tizimiga – 18000 ta jurnal, 12000 ta impakt faktori yuqori bo‘lgan jurnallar, 70000 ta konferensiya to‘plamlari, 80000 ta monografiyalar kiritilgan.
Web of Science tizimidan ilmiy maqolalarni yozishda, doktorlik dissertatsiyasi mavzusiga oid ilmiy ishlarni analiz qilishda va bibliografiya tuzish va hokazolarda foydalanish mumkin.
Web of Science tizimidan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh tadqiqotchilar, magistrlar hamda doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotganlar albatta tizimga kirishlari va foydalanishlari shart. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi deb so‘zining oxirida ta’kidlab o‘tdi ilmiy ishlar prorektori G‘.N. Uzoqov.