Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Davlat tili-milliy ma’naviyatimiz timsoli

2017 yil 23 oktyabr kuni institutning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda 1989 yil 21 oktyabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi” berilgan kun va ona tilmizning 28 yillik bayrami munosabati bilan “Davlat tili-milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i L.Saodatova, SHarq yulduzi jurnali bosh muharriri shoir Sirojiddin Rauf, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaruv Akademiyasi doktaranti M.Eshnazarov, Yosh tomashabinlar teatiri aktiyorlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artest A.Islomov, R.Qurbonov, Yu.Ermatov, institutning ilmiy ishlar prorektori G‘.Uzoqov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari U.Turaev, E.Raxmatov , professor-o‘qituvchilar hamda 86 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Yosh tomashabinlar teatiri aktiyorlari tomonidan Toxir Malikning “Alvido bolalik” asaridan sahnalashtirilgan parcha namoyish etildi.

222222

33333333

44444444

111111111