Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni

2017 yil 10 oktyabr kuni institutning Geologiya va konchilik fakulteti, Muhandis texnika fakulteti professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faol talaba-yoshlari bilan hamkorlikda erkin va farovon kelajagimiz poydevorini belgilab bergan Konstitutsiyamiz va undagi normalarni talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida “Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni” mavzusida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari I.Nazarov, F.Ochilov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi bo‘lim mudiri G.Karimova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti etakchisi Z.Eshonqulov, professor-o‘qituvchilar hamda 82 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

333333333

11111111111

22222222222222